+24° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 22 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 909.64 so'm (-28.56 so'mga)
159.75 so'm (+0.24 so'mga)
14 908.05 so'm (+197.32 so'mga)
29-01-2024, 20:43
97

Putinning Turkiyaga tashrifi sanalari ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi fevral oyida rejalashtirilgan. Bu haqda uning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi , uning so‘zlaridan TASS iqtibos keltirmoqda .

"Ha, tashrif tayyorlanmoqda", dedi Kreml vakili.

Ushakovning aniqlik kiritishicha, safar fevral oyida bo‘lib o‘tishi kerak.

Bundan sal oldin Anqaradagi diplomatik manba Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2024-yil fevralida Turkiyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Ukraina masalasini muhokama qilishini ma’lum qilgandi . Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari g‘alla bitimini yangilash va mintaqaviy Yaqin Sharq kun tartibini ham muhokama qiladi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта