+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
29-01-2024, 20:36
27

Irakliy Garibashvili Gruziya bosh vaziri lavozimini tark etadi

Qaror hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi siyosiy kengashida qabul qilingan, bu haqda 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan partiya qurultoyida rasman e’lon qilinadi.

“Siyosiy jamoamiz kuchini ta’minlovchi eng muhim omillardan biri bu ichki demokratiya bo‘lib, uning eng yaqqol ifodasi rotasiya tamoyilidir. Jamoada muvaffaqiyatli rahbarlar ko‘p, boshqalarga ham imkoniyat berish kerak”, - deydi u.

Gariboshvilining ta’kidlashicha, "Gruziya orzusi" partiyasi endi kuzda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida "ishonchli" g‘alabaga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

Gariboshvili siyosiy kengashdan "Gruziya orzusi" raisligi lavozimini egallash taklifini oldi. Gruziya matbuotiga ko‘ra, partiyaning amaldagi rahbari Irakliy Kobaxidze bosh vazir lavozimida Gariboshvilini almashtiradi.

Hukmron jamoadagi o‘zgarishlar hukmron partiya asoschisi Bidzina Ivanishvili Gruziya siyosatiga qaytganidan bir oy o‘tib sodir bo‘ldi.

Rasmiylar tanqidchilari Gruziyani norasmiy va yakkaxon hukmronlikda ayblayotgan Ivanishvili 30 dekabr kuni partiyaning faxriy raisi bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта