Buyuk britaniyalik olimlar Quyosh tizimidan tashqarida 85 ta yangi sayyorani topishdi.
“Uorik universiteti olimlari yana 85 ta “ekzosayyora”ni, ya’ni Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan sayyoralarni kashf etishdi. Yer kabi ular ham o‘z yulduzlaridan kerakli masofada joylashgan bo‘lib, bu hayot mavjud bo‘lishini ta’minlaydigan haroratni hosil qilib, yashashga yaroqli hududni yuzaga keltirgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ularning barchasi Yerdan kattaroq. Ba’zilarining diametri Yerdan 1,4 baravar, boshqalari esa 40 barobar katta, deb xabar beradi ria.ru.
Tadqiqot rahbari, aspirant Feyt Xotornning so‘zlariga ko‘ra, sayyoralarning har biri alohida tizimda bo‘lib, ularning ba’zilari gazdan, ba’zilari esa qattiq qobiqqa ega bo‘lishi mumkin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring