+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
29-01-2024, 01:09
26

O‘zbekiston delegasiyasi London shahrida YETTB tomonidan tashkil etilgan forumda ishtirok etdi

Joriy yil 25 yanvarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) Londondagi bosh qarorgohida “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar va ijtimoiy sheriklik” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.

ETTB, Oliy Majlis Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi va “Sabr” Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 100 dan ortiq yuqori darajadagi ishtirokchilar, jumladan, YETTB vakillari, Oliy Majlis Senati a’zolari, vazirliklar, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va biznes hamjamiyatlari vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro forumda O‘zbekistonning davlat organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, ayollar tadbirkorligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishda ko‘mak berilayotgani ta’kidlandi.

Forumning ochilish marosimida Oliy Majlis Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva keyingi 7 yilda mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilganini alohida ta’kidladi.

– Bugun o‘zbekistonlik tadbirkorlar jahon bozorlariga ishonch bilan qadam qo‘ymoqda. Byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi, majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi, gender tenglikni ta’minlashda amaliy natijalarga erishildi. Bularning barchasi jahon hamjamiyatining munosib e’tirofiga sazovor bo‘lyapti. Bunday natijalarga erishishda fuqarolik bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi, – deb ta’kidladi T.Narbayeva.

Qo‘yilayotgan yuksak maqsadlarga erishishda xalqaro hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etishiga to‘xtalar ekan, Senat Raisi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning barqaror rivojlanish yo‘lidagi strategik hamkoriga aylanganini e’tirof etdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта