AQSh 15 yil ichida birinchi marta Britaniya hududida Rossiya tahdidi kuchayib borayotgani munosabati bilan yadro qurolini joylashtiradi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph gazetasi 26 yanvar, juma kuni AQSh mudofaa vazirligi hujjatlariga tayanib xabar berdi.
Pentagon materiallariga ko‘ra, yadroviy qurollar Saffolkdagi Leykenxit aviabazasida joylashtiriladi. Gap B61-12 bombalari haqida ketmoqda, ularning kuchi 50 kilotonnaga yetishi mumkin, deya tushuntiradi nashr. Bu 1945 yilning avgustida Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi kuchidan uch baravar yuqori, deya aniqlik kiritgan gazeta.
Pentagon nashr ma’lumotlarini na tasdiqladi, na inkor qildi. «Qo‘shma Shtatlar ittifoqchi mamlakatlardagi harbiy ob’ektlarini muntazam ravishda modernizasiya qiladi», dedi AQSh mudofaa vazirligi vakili The Telegraph’ga. Uning so‘zlariga ko‘ra, gazeta tomonidan o‘rganilgan hujjatlarda «prognozlar mavjud emas va ular biron-bir aniq pozisiya yoki asosli tafsilotlarni oshkor qilish uchun mo‘ljallanmagan».
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring