20
Gaaga sudi Isroilga falastinliklar genosidining oldini olishni buyurdi, ammo ...
Gaaga sudi Isroilga falastinliklar genosidining oldini olishni buyurdi, ammo G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmadi, deb yozmoqda CNN.
Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosi bo‘yicha dastlabki qarorini chiqardi.
Sud Isroilga G‘azo sektorida genosidning oldini olish, shuningdek, bunday chaqiriqlariga yo‘l qo‘ymaslik, mumkin bo‘lgan jinoyatlar dalillarini yo‘q qilmaslik va anklavdagi gumanitar vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shish choralarini ko‘rishni buyurdi.
Bir oy ichida Isroil qarorni amalga oshirish bo‘yicha hisobot taqdim etishi kerak. Biroq sud hay’ati janubiy afrikalik advokatlar talab qilganidek, harbiy amaliyotni zudlik bilan to‘xtatish uchun ovoz bermadi.
Sud, shuningdek, HAMAS tomonidan garovga olinganlar taqdiridan "jiddiy xavotir"da ekanini bildirdi va ularni ozod qilishga chaqirdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring