+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
28-01-2024, 21:35
21

Eronda Ozarbayjon elchixonasida sodir etilgan terakt tashkilotchisi sudlandi

Sud majlisida Ozarbayjon elchixonasining bir necha diplomati ham qatnashgan.

Dastlab prokuror vakili ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi. Qarorga ko‘ra, Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilgan shaxs elchixona binosida Ozarbayjon fuqarolaridan birini o‘q otar quroldan foydalangan holda qasddan o‘ldirish, elchixonadagi yana ikki diplomatni yaralash, Kalashnikov avtomati va to‘pponchasini noqonuniy saqlash hamda jamoat tartibini buzishda ayblanmoqda.

Ayblov xulosasi e’lon qilingach, sudlanuvchi va uning advokati himoya nutqini so‘zladi.

Sudya jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakunlanganini, sud raisi esa qonunda belgilangan muddatda qaror chiqarilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qarshi terror xuruji sodir etilgan. Hodisa oqibatida elchixonaning bir xodimi halok bo‘lib, ikki nafari yaralangandi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта