43
O‘zbekiston Qirg‘izistonga suv uchun 280 ming dollar to‘laydi
Qirg‘iziston Suv resurslari xizmati direktori Almazbek Sokeev Qozog‘iston va O‘zbekistonga suv yetkazib berish evaziga mamlakat nima olayotgani haqida gapirib berdi.
«Qozog‘iston har yili mablag‘ ajratadi. Lekin buni bizga o‘tkazmaydi, balki ish bajaradi. Masalan, davlatlararo foydalaniladigan ob’ektlarni ta’mirlaydi. Ular Kirov suv omborida katta mablag‘ talab qiladigan tambani almashtirdi. Har yili amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlariga 179 million tenge (401,8 ming dollar) sarflaydi», dedi Sokeev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Qozog‘iston bilan ob’ektlarni saqlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«Chunki biz o‘z kuchimiz bilan ta’mirlaymiz, pudratchilarimiz yo‘q», dedi Sokeev.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston suv uchun pul to‘lamoqda.
«O‘zbekiston to‘layapti. Ular har yili pul ajratmalarini ko‘paytirmoqda. 2023 yilda bu 240 ming dollar edi. Bu yil esa 280 ming dollar bo‘ladi. 2025 yilda esa bundan ham ko‘proq bo‘ladi. Ular ko‘payadi, ya’ni ajratilayotgan mablag‘lar har yili oshib bormoqda», dedi u.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring