47
Sian shahridan O‘zbekistonga doimiy konteyner blok poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
Xitoyning Sian shahridan O‘zbekistonga doimiy konteyner blok poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "Temiryo‘lkargo" AJ axborot xizmati xabar berdi.
Xitoyga amalga oshirilgan tashrif davomida O‘zbekiston Transport vazirligi va "Temiryo‘lkargo" AJ delegasiyasi ikki mamlakat o‘rtasida temir yo‘l tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qator yirik loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Xususan, blok poyezdlar jo‘natish bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinda turuvchi "Sian Xalqaro Porti"ga tashrif davomida quruqlik portining infratuzilmasi, mavjud logistik imkoniyatlari va yuqori axborot texnologiyalari bilan tanishildi.
Quruqlik portining rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida O‘zbekistonning import yuklarini "Sian Xalqaro Porti"da jamlagan holda marshrut poyezdlarida tashish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring