Rossiya iqtisodiy munosabatlarning yangi tizimini rivojlantirmoqda, chunki oldingisi ishonchsiz bo‘lib chiqdi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonotiga tayanib, “Washington Post” nashri xabar berdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQShning jahon moliya tizimidagi hukmronligini buzishga intilmayapti, balki muqobil tizim yaratish ustida ishlamoqda. U, shuningdek, “kollektiv G‘arb”ning harakatlari Moskva ishonchiga putur yetkazayotganini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, Kreml dunyodagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda va avvalgi tizim ishonchsiz, xato va xavfli bo‘lib chiqqani sababli, yangi iqtisodiy aloqalar tizimini yaratmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring