+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
26-01-2024, 21:22
42

Yaqin Sharqda AQSh brendlari boykotdan katta zarar ko‘rmoqda

Yaqin Sharq aholisining aksariyati Macdonalds, Starbucks, KFC va boshqa G‘arb brendlaridan mahalliy ishlab chiqaruvchilariga o‘tmoqda. G‘azodagi urush mahalliy biznes uchun mijozlarning ko‘payishiga olib keldi, deb yozadi Bloomberg.

Masalan, Iordaniyada mahalliy qahvaxonalar savdosi 30 foizga oshdi. Misrda ham gazlangan ichimliklar ishlab chiqaruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar supermarketlardan katta buyurtmalar olmoqda.

AQShning Isroilni qo‘llab-quvvatlagani sababli G‘arb brendlarining boykotlari oqibatlari asosan Iordaniya, Quvayt va Misrda kuzatildi. Qohiradagi universitet talabalaridan birining aytishicha, urushdan avval u do‘stlari bilan Starbucks qahvaxonalariga ko‘p tashrif buyurgan. Ammo endi bunday joyga borish biz uchun uyatli bo‘lib qoldi, deydi u.

BAAda bunday ta’sir kamroq bo‘ldi, chunki u yerda ko‘plab xorijlik muhojirlar bor, deya ta’kidlaydi Bloomberg.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта