36
2023 yili Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 17 trln dollardan oshdi
Xitoyning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2023 yilda 5,2 foizga o‘sib, 17,71 trillion dollarni tashkil etdi. Bu haqda chorshanba kuni Xitoy Davlat statistika boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.
Davlat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy yalpi ichki mahsuloti 2023 yilda 126,06 trillion yuanga (taxminan 17,71 trillion dollar) yetgan.
Xitoy Davlat statistika boshqarmasi direktori Kan I brifing chog‘ida tashqi bosim va ichki qiyinchiliklarga qaramay, Xitoy 2023 yil uchun belgilangan maqsadlarga erishganini va iqtisodiyotda jonlanish va yaxshilanishni qayd etganini aytdi.
2023 yilda Xitoyning sanoat qo‘shilgan qiymati yiliga 4,6 foizga o‘sdi. Asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investisiyalar o‘sishi 3 foizni tashkil etdi, chakana tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,2 foizga o‘sdi.
Shu bilan birga, 2023 yilda iste’mol tovarlari chakana savdosining umumiy hajmi 47,15 trillion yuanga (6,63 trillion dollarga yaqin) yetdi.
O‘tgan yili o‘rtacha ishsizlik darajasi 5,2% ni tashkil etdi. 2023 yilda qishloq mehnat muhojirlarining umumiy soni 1,91 million kishiga oshib, 297,53 million kishiga yetdi. Ularning o‘rtacha oylik daromadi 3,6 foizga oshib, 4780 yuanga (taxminan 672 dollar) yetdi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring