+14° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
18-01-2024, 22:47
61

Prezident charm sanoatida mahalliylashtirishni ko‘paytirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi

Xuddi shunday charm sanoatida ham mahalliylashtirishni ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.

Tarmoq mas’ullariga hududlarda kamida 2 milliard dollarlik loyiha paketini shakllantirish, avtomobillar uchun o‘rindiq jildlari, sun’iy charmdan sport jihozlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish toshirildi. Chorvachilik klasterida teridan to‘liq tayyor mahsulot chiqaradigan korxonalarni ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

Mahalliylashtirishda faqat tovarlar emas, xizmatlar bo‘yicha ham katta imkoniyatlar bor.

Masalan, oxirgi besh yilda 9 ta energetika, neft-gaz va metallurgiya loyihalari ishga tushdi. Kelgusi yillarda “Mustaqillik – 25” loyihasi, 30 ga yaqin mobil kompressor stansiyalari va 6 ta bug‘-gaz qurilmalarini foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Bu kabi ob’ektlardagi yuqori texnologik uskunalarni ekspluatasiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha malakali xizmatlarga talab yildan-yilga ortib bormoqda. Kimyo, metallurgiya korxonalari, yirik nasos stansiyalari va GESlarda ham bunday xizmatlarga talab yuqori.

Shuni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi va tarmoq rahbarlariga birgalikda yirik korxonalarga servis ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini boshlash topshirildi. Dasturda kadrlarni o‘qitish, servisga lisenziya olish, butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha aniq tadbirlarni belgilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Top.Mail.Ru Анализ сайта