Jumladan, Chinoz tumani vakillari Shandun provinsiyasida bo‘lib, bir qator ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini o‘rgandi. Ko‘plab investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlar davomida yana bir muhim loyiha – neftdan yoqilg‘i (benzin, dizel) mahsulotlarini olish bo‘yicha kelishuv shartnomasini imzolashga erishildi.
Unga ko‘ra, “Dongying Zhengfeng New Energy Co., Ltd.” kompaniyasi bilan Chinoz tumanida umumiy qiymati 100 million dollarlik zavod qurilishi amalga oshiriladi. Shuningdek, hududda kafel mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Quyi Chirchiq tumani vakillari 2024-2025 yillarda 3 ta sanoat yo‘nalishidagi loyihani amalga oshirish va buning natijasida 33 million dollarlik investisiya jalb qilish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirdi.
Shuningdek, Quyi Chirchiq tumanidan Xitoy davlatiga sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirish yuzasidan 50 million dollarlik shartnomalar imzolanishiga erishildi. Nurafshon shahrida Xitoy hamkorligida sanoat va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxona quriladi. Xususan, delegasiya tarkibidagi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Klichxanov Xitoyning Zhejiang provinsiyasi Iyvu shahrida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashdi. Muloqot davomida kelgusida Nurafshon shahrida ko‘p qavatli turarjoy majmuasi, biznes markazlar qurish, sanoat va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 50 million dollarlik kelishuv imzolandi.
Oqqo‘rg‘on tumani hokimi To‘ra Bobolov tekstil-trikotaj, poyabzal, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Reja Oqqo‘rg‘onda mazkur yo‘nalishlarda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishdir. Shu bo‘yicha umumiy qiymati 56,1 million dollarlik 10 ga yaqin investisiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi. Buning natijasida kelgusida hududda mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
Bekobod shahri hokimi Nasrullo Babayev boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlar ham Xebey provinsiyasidagi “China Machinery Equipment Engineering Co., Ltd.” kompaniyasining shamol elektr stansiyasini qurish quvvatlari, yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari bilan tanishdi. Muzokaralar davomida Bekobod shahrida shamol elektr stansiyasini qurishga kelishib olindi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring