49
Qo‘ng‘irotda kaustik soda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, investision jozibadorlikni orttirish, investorlarga imtiyozlar berish borasida Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham keng ma’lumot berildi.
Forum doirasida Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Aksu okrugi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik qilish, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralarni kengaytirish, investision loyihalarni amalga oshirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Qoraqalpog‘iston delegasiyasi forum doirasida “Xinjiang silk road golden camel” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kompaniya rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik qilish, istiqbolli loyihalar ustida ish olib borish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani hududida dastlabki qiymati 108,9 million dollarlik kaustik soda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring