Britaniyaning ommabop "London Post" yangiliklar portalida "Yuqori iqtisodiy barqarorlik: O‘zbekistonning valyuta zaxiralari mustahkamligicha qolmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA.
Nashrda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston valyuta zaxiralari o‘z kuchini saqlab qolgan va 2024 yil 1 mart holatiga ko‘ra, ularning hajmi 32,19 milliard dollarni tashkil etdi. So‘nggi oylardagi ayrim qiyinchiliklarga qaramay mamlakatning iqtisodiy qudrati mustahkamligicha qolmoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Markaziy banki va boshqa moliya institutlarining depozitlari oqilona iqtisodiy siyosat bilan qo‘llab-quvvatlangan barqaror moliyaviy tizimni aks ettiradi.
"Bundan tashqari, O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan oltin zaxiralari mart oyida boshida 24,09 milliard dollarni tashkil etdi. Bu mamlakatning qimmatbaho metallardagi aktivlarini samarali saqlash qobiliyatidan dalolat beradi", – deya qayd etgan britan portali.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring