+39° Kechasi +25°
Andijon (Bugun, 23 iyun)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 639.81 so'm (-4.1 so'mga)
146.96 so'm (-4.63 so'mga)
13 556.20 so'm (-19.57 so'mga)
15-03-2024, 07:00
28

Masdar kompaniyasi O‘zbekiston gidroenergetika sohasiga kirib kelmoqda

Xalqaro gidroenergetika uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, gidroakkumulyatorli gidroelektr stansiyalar dunyodagi energiya saqlash quvvatlarining 90 foizini tashkil qiladi. 2030 yilga borib ularning quvvati 240 GVt ga yetishi mumkin. Ekologik toza energiya sohasida ko‘plab loyihalar (2023 yil dekabrda mamlakatimiz energiya tizimiga Masdar kompaniyasining quyosh va shamol energetikasi sohasidagi umumiy quvvati 1,4 GVt bo‘lgan ishlanmalari joriy etilgan) amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, mazkur imzolangan shartnoma Masdar kompaniyasining O‘zbekiston gidroakkumulyatorli elektr stansiyalar sohasiga kirib kelishini anglatadi.

– Biz gidroakkumulyatorli gidroelektr stansiyalari orqali O‘zbekistonning iqlim bo‘yicha maqsadlariga erishishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarda o‘z ishtirokimizni kengaytirishdan faxrlanamiz, – deydi Masdar kompaniyasining bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al Ramohiy.

O‘z navbatida, «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Fozil Mahmudov ushbu tadbir O‘zbekiston gidroenergetikasi rivojida yangi sahifa ochib berishini ta’kidlab, mamlakatimiz toza va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan barqaror va uzoq muddatli energetika tizimi tarafdori ekanligini qayd etdi.

Uzoq muddatli strategiyaga ko‘ra, 2030 yilgacha mamlakatimiz umumiy energetika balansida gidroenergetika ulushini sezilarli darajada oshirish rejalashtirilgan. Shu bois, yangi gidroelektr stansiyalar va gidroakkumulyatorli gidroelektr stansiyalar qurishga, mavjudlarini modernizasiya qilishga, infratuzilmani yaxshilashga va sohaga investisiyalarni jalb qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish lozim.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта