+38° Kechasi +23°
Andijon (Bugun, 9 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 683.99 so'm (+35.87 so'mga)
139.24 so'm (+0.82 so'mga)
13 647.97 so'm (+25.94 so'mga)
14-03-2024, 18:37
21

Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha jami 4,8 mln.dan ortiq elektron sug‘urta polislari tuzilgan

Qayd etilishicha, 2023 yildan boshlab Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali sug‘urta polislarini sotib olish va sug‘urta hodisalari bo‘yicha da’volarni taqdim etish xizmati to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratilgan bo‘lib, ushbu tizimga respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari ulangan. Bugungi kunda tizim orqali majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha jami 4,8 mln.dan ortiq elektron sug‘urta polislari tuzilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmat orqali YTHda javobgar shaxs sug‘urtalanganligi va transport vositasiga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida sug‘urta tovonini olish uchun qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligini bilib olish imkoni yaratilgan.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 1 martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali sug‘urta xizmatlarining ommabopligini va sifatini oshirish, shuningdek, sohani tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida qator vazifalar belgilangan.

Sohani tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab, sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi.

Barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinib, sug‘urta polislarining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘ladi hamda sug‘urtalovchining lisenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта