Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024 yilning mart oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.
Unga ko‘ra, 11 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan tushgan. Xususan, karamning narxi 31,4 foiz, bodringning narxi 19,8 foiz, kungaboqar yog‘ining narxi 9,7 foiz, mol go‘shtining (file) narxi 8,3 foiz pasaygan.
Guruch, makaron, banan va shakarning narxi o‘zgarishsiz qolgan. Biroq 6 nomdagi mahsulotlar narxi oshgan. Ular orasida lavlagining narxi ancha ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. Mutaxassislarning tahliliga ko‘ra, bu mavsumiy omil bilan bog‘liqdir.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring