+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
12-03-2024, 15:26
18

Keyingi uch oyda taksi xizmatlari budjetga 9,7 milliard so‘m soliq to‘ladi

Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band bo‘lmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish bo‘yicha boshlangan ishlar yil so‘nggiga borib o‘zining ilk samarasini berdi.

Birinchidan, bozorning eng katta ishtirokchilari soliq tizimlari bilan integrasiya qilinib, taksi xizmatlari uchun fiskal chek berilyapti.

Ikkinchidan, yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning rasmiy daromad manbayi shakllanib, iqtisodiy harakatlarda daromad to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olina boshlandi (mehnat staji, ipoteka, iste’mol kreditlari, tovarlarni bo‘lib to‘lash...).

Erishilayotgan natijalar: 2023-yil dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.

Bu raqamlar yanada o‘sishda davom etyapti va 1-mart holatiga jami ko‘rsatilgan taksi xizmatlari soni 18,3 mlndan oshdi. Shundan 8,9 mlntasi fevral oyiga to‘g‘ri keladi. Eng yuqori aylanmaga ega shaxslar soni 8 446 ta bo‘lib, bitta haydovchiga o‘rtacha 8,5 mln so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Uchinchidan, naqd va naqdsiz hisob-kitoblarda to‘lovlarni fiskallashtirish bo‘yicha hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida dekabr-fevral oylarida budjetga 9,7 mlrd so‘m soliqlar to‘landi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта