+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 12 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 822.98 so'm (+13.93 so'mga)
131.24 so'm (+0.68 so'mga)
13 823.17 so'm (+57.28 so'mga)
07-03-2024, 21:39
40

Xitoy eski avtomobillar va maishiy texnikalarni yangilariga almashtirish dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Xitoy hukumati eski avtomobillar va maishiy texnikalarni yangilariga almashtirish dasturlarini ishga tushirmoqda. Bu haqda Xitoy savdo vaziri Van Ventao “ikki sessiya” doirasidagi brifing chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

– Joriy yilda iste’molni rag‘batlantirish bo‘yicha yana ikkita asosiy vazifa belgilangan bo‘lib, ulardan biri avtomobillar, maishiy texnika, uy va oshxona mebellari va boshqa iste’mol tovarlarini ilgari surish va yangilariga almashtirish bo‘lsa, ikkinchisi - xizmatlar iste’molini rag‘batlantirish”, - dedi Van Ventao.

Xitoyning avtomobillar, maishiy texnika va uy anjomlari bozori juda katta, biroq mahsulotlarning katta qismi ancha eski bo‘lib, yuqori energiya sarfi va sezilarli emissiyaga olib keladi, dedi u. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarning ba’zilarining uzoq muddat foydalanish tufayli xavfsizlik kafolati yo‘qolishi mumkin.

2013 yildan 2023 yilgacha aholi jon boshiga xizmatlarni iste’mol qilishga sarflagan xarajatlari 39,7 foizdan 45,2 foizga oshdi.

2023 yilda Xitoyda yangi avtomobillar sotuvi birinchi marta 30 million donadan oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 12 foizga ko‘p. Mamlakatda foydalanilgan avtomobillar savdosi hajmi 18,41 million donaga (+15 foiz) yetdi.

Xitoyda avtomobil egalari soni 340 millionga yetdi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта