43
Infografika: O‘zbekiston-Xitoy savdo-investisiyaviy hamkorligi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Xitoy bilan savdo va investisiyaviy hamkorligini tahlil qildi.
Xitoy O‘zbekistonning yetakchi savdo hamkorlaridan biri va O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi investoridir.
2017-2022 yillarda o‘zaro tovar ayirboshlashning umumiy hajmi 4,7 milliard dollardan (2017 yilda) 8,9 milliard dollargacha (2022 yilda) 1,9 barobar oshdi.
O‘zbekistonning Xitoyga eksporti 2017 yilda 2,0 milliard dollardan (2022 yilda) 2,5 milliard dollarga (2022 yilda) qariyb 1,3 barobar, import 2017 yildagi 2,7 milliard dollardan 2022 yilda 6,4 milliard dollargacha 2,4 barobar oshdi.
2017 yildan buyon Xitoyning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 5 barobar oshib, 12 milliard dollarga yetdi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring