+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
07-03-2024, 08:45
18

Koreyaga ishlash uchun borgan bakalavr diplomiga ega o‘zbekistonliklar magistratura bosqichida imtiyozli o‘qishi va stipendiya olishi mumkin

Koreyaga ishlash uchun borgan bakalavr diplomiga ega o‘zbekistonliklar magistratura bosqichida imtiyozli o‘qishi va stipendiya olishi mumkin. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi delegasiyasi a’zolari hamda Seul Milliy fan va texnologiya universiteti vise-prezidenti Yong Ju Choy o‘rtasida imzolangan memorandumda qayd etilgan.

Seul shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni koreys tili va madaniyatiga o‘qitishni tashkil etish, shuningdek, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan ishga yuborilgan, bakalavr diplomiga ega ishchilarni IT va boshqa zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘qitib malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda “Seul Milliy Fan va texnologiya universiteti”ning tashkil etilishi va faoliyati yuzasidan taqdimot tinglandi.

Ushbu ta’lim dargohi 1995 yili tashkil topgan bo‘lib bugungi kunda 1000 nafar talabalar asosan IT sohasi, menejment kabi zamonaviy yo‘nalishlarida magistratura bosqichida ta’lim olmoqda.

Universitet huzurida koreys tili va madaniyatini o‘qitish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan davr mobaynida universitetni 6 ming nafardan ortiq talabalar bitirib, hozirda SAMSUNG, LG, NAVER, Google, FEDEX, iNtube, baikal.ai kabi taniqli kompaniyalarda malakali mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта