44
Kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Buxoro viloyat filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Ch.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 423 560 AQSh dollari miqdoridagi kreditni soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali garov ta’minotisiz qoldirib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.T.” MCHJ rahbari S.Q. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 10 nafar fuqaroga issiqxona qurish va tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan 457 mln so‘m kreditni rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa tumandagi “Q.” MFY bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi Q.N. 7 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 215,4 mln so‘m imtiyozli kreditni o‘zi norasmiy boshqarib kelayotgan “O.C.” va “B.T.” MCHJlarning hisob raqamlariga o‘tkazib o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring