+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 12 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 822.98 so'm (+13.93 so'mga)
131.24 so'm (+0.68 so'mga)
13 823.17 so'm (+57.28 so'mga)
07-03-2024, 07:28
42

Evrokomissar YEIni urush iqtisodiyoti rejimiga o‘tishga chaqirdi

Evropa Ittifoqi Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan mojaro fonida urush iqtisodiyoti rejimiga o‘tishi kerak. Bu haqda sanoat bo‘yicha Yevropa komissari Tyerri Breton ma’lum qildi, deya xabar beradi ERR.

"Biz paradigmani o‘zgartirib, urush iqtisodiyotiga o‘tishimiz kerak. Bu, shuningdek, Yevropa mudofaa sanoati bizning yordamimiz bilan ko‘proq tavakkal qilishi kerakligini anglatadi", dedi siyosatchi.

Breton, shuningdek, Yevropa Ittifoqi AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalaridan qat’i nazar, o‘zini himoya qila olishi kerakligini ta’kidlab, prezidentlikka Respublikachilar partiyasidan ehtimoliy nomzod Donald Trampning NATOning jamoaviy mudofaa tamoyilini shubha ostiga olgan izohlariga ishora qildi.

“Hozirgi geosiyosiy sharoitda ittifoqchilarimizning har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan saylovlari natijasidan qat’i nazar, Yevropa o‘z xavfsizligi uchun ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak”, - dedi Yevrokomissar.

Breton Yevropa Ittifoqi mudofaa sanoatini mustahkamlashga qanday yordam berishi mumkinligi haqida takliflar taqdim etishni rejalashtirmoqda

Xabar qilinishicha, 5 mart, seshanba kuni Breton Yevropa Ittifoqi mudofaa sanoatini mustahkamlashga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi takliflarni taqdim etgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта