+11° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 15 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 808.03 so'm (+14.65 so'mga)
130.15 so'm (-0.58 so'mga)
13 612.37 so'm (+16.85 so'mga)
07-03-2024, 07:25
42

Benzin importidagi muammolar ko‘rib chiqildi

Ochiq muloqotda sohadagi mavjud tizimli muammolar va import imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkorlar yettita asosiy muammoni aytib o‘tdi. Banklar tomonidan benzin import qiluvchilar uchun ajratilayotgan kredit yuklamasining yuqoriligi va import qilinadigan yonilg‘i uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatining qisqaligi shular jumlasidan. Ular, shuningdek, temir yo‘l logistikasining qimmatligini ham ta’kidlashdi. Xususan, Rossiyadan Keles chegarasigacha bo‘lgan masofada (1700 km) bir tonnasi uchun 150 dollar bo‘lgan bir paytda, ichki temir yo‘l orqali tashish xizmati 8 − 10 km uchun 15−20 dollarni tashkil etadi. Rossiya tomonidan benzin mahsuloti barcha standartlarga to‘g‘ri kelishi va sifati talabga javob berishi yuzasidan hujjatlar borligiga qaramay, respublikaga olib kirganda qo‘shimcha majburiy sertifikatlashdan o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, ba’zida xorijiy davlatlarga pul mablag‘lari o‘tkazib berilganda ushbu mablag‘lar geosiyosiy vaziyatlardan kelib chiqib taqiqlarga tushib qoladi va oqibatda mahsulot o‘z vaqtida yetib kelmasligi kuzatiladi. Ayni shu davrda mahsulot realizasiya qilinmaydi, biroq mablag‘lar o‘tkazilgani uchun soliqqa tortilishi holatlari kuzatiladi.

Shuningdek, importyorlar katta hajmlarda benzin mahsulotini olib kirganda ularni saqlash uchun sig‘imlar mavjud emasligi hamda mavjud bo‘lgan sig‘imlar ijarasi qimmatligini qo‘shimcha qildi.

Import tadbirkorlar Turkmaniston davlatidan benzin mahsulotini xarid qilish jarayoni juda ko‘p vaqtni talab qilishi, natijada aylanma pul mablag‘lari muzlab qolishini qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 2023 yilda O‘zbekistonda 1,33 million tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan, bu 2022 yilga nisbatan 6 foizga yoki 75,4 ming tonnaga ko‘pdir.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта