43
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda oliy toifadagi omborlar qurishni rejalashtirmoqda
Ular xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va logistika xizmatlari sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Nensi Tang O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalari faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Chet el kompaniyasi rahbariyati O‘zbekistonda transport-logistika markazi qurilishiga 10-15 million AQSh dollari atrofida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, tomonlar “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ logistika markazlaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari, yangi logistika markazlarini ochish, vagon hamda konteynerlardan birgalikda foydalanish istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekiston hududida distribusiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha A+ toifadagi zamonaviy omborlar yaratishga oid takliflar bildirildi. Bunday inshoatlar ombor xo‘jaligining eng yuqori talablariga javob beradi. Shu bilan birga, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston multimodal yo‘nalishi bo‘yicha Sian, Chendu, Shenchjen provinsiyalaridan mavjud transport yo‘laklari orqali Turkiya va Yevropa mamlakatlariga konteyner tashuvlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
“Shenzhen Neptune Logistics Co. Ltd.” kompaniyasiga 2002 yilda asos solingan bo‘lib, Xitoyning 10 dan ortiq provinsiyasi, Yevropa, Markaziy Osiyo va Singapur mamlakatlarida o‘zining shaxsiy logistika markazlariga ega. 2023 yilda kompaniya Sian, Chendu, Shenchjen provinsiyalaridan Xitoy-Evropa, Xitoy-Markaziy Osiyo yo‘nalishlarida 100 ga yaqin konteyner poyezdlarini ishga tushirdi. Kompaniya multimodal tashuvlarga ixtisoslashgan va 25 mingta shaxsiy konteyner egasi hisoblanadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring