+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
06-03-2024, 13:13
49

Kecha rejadagiga nisbatan 12 foiz ko‘p (149,4 mln kubometr) gaz iste’mol qilindi

Kecha rejadagiga nisbatan 12 foiz ko‘p (149,4 mln kubometr) gaz iste’mol qilindi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

Qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketganligi hamda aholi iste’molchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli 5 mart kuni mamlakatimiz bo‘ylab asosan kunning tig‘iz vaqtlarida 850 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, bugun ham kunning tig‘iz paytlarida ma’lum miqdorda cheklovlar kiritilishi kutilmoqda.

5 mart kuni elektr stansiyalar orqali 240,3 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 2 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 42,3 mln kubometr tabiiy gaz, 20,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,4 ming tonna mazut yoqildi.

Turkmaniston Respublikasidan 19,2 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта