+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
06-03-2024, 08:13
48

Qaysi hududda ekin maydonidan olinadigan daromad eng ko‘p oshgani ma’lum bo‘ldi

2018—2022 yillarda respublika bo‘yicha umumiy ekin maydonlari 3 million 396 ming gektardan 3 million 353,3 ming gektarga yoki 1,3 foizga qisqargan.

Bu davrda ko‘p yillik dov-daraxtlar maydonlari 432,5 ming gektardan 488,6 ming gektarga yoki 13 foizga oshgan. Bug‘doy va paxta ekin maydonlarini bosqichma-bosqich qisqartirish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilab olindi. 2018—2022 yillarda umumiy ekin maydonlarida bug‘doy va paxta maydonlarining ulushi 73,5 foizdan 69,5 foizga yoki 3,9 foiz punktiga qisqardi.

2018—2022 yillarda butun respublika bo‘yicha 1 gektar ekin maydonidan olinadigan o‘rtacha daromad 42 million so‘mdan 46,5 million so‘mga ko‘tarildi. Shu davrda 1 gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromad Farg‘ona (24,5 foiz), Namangan (20,2 foiz), Qashqadaryo (17,8 foiz), Sirdaryo (17,3 foiz) va Surxondaryo (15,8 foiz) viloyatlarida eng ko‘p oshdi.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida bir gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish belgilangan. Bu maqsadga erishish uchun gektaridan olinadigan o‘rtacha daromadni 2022 yildagiga nisbatan 18,9 foizga oshirish zarur (2022 yilda 4 205 AQSh dollarni tashkil etgandi).




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта