+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 12 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 822.98 so'm (+13.93 so'mga)
131.24 so'm (+0.68 so'mga)
13 823.17 so'm (+57.28 so'mga)
05-03-2024, 07:13
42

Davlat byudjeti defisiti fevralda 7,2 trillion so‘mdan oshgan

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, yanvar oyida Davlat byudjetining xarajatlari daromadlaridan 5,8 trillion so‘mga oshib ketgan edi. Ikki oylik jamlangan defisit 13 trillion so‘mga yetgan.

2024 yil Davlat byudjeti 10,3 trillion so‘mlik defisit bilan tasdiqlangan. Konsolidasiyalashgan byudjet defisiti 52,6 trillion so‘m yoki YAIMga nisbatan 4 foiz darajasida chegaralangan.

Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 – 5 fevral kunlari davlat byudjeti daromad va tushumlari 1,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Byudjet xarajatlari miqdori esa bundan ancha ko‘p — 9,9 trillion so‘mga yetgan. Ya’ni, besh kunlik byudjet taqchilligi 8,2 trillion so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

O‘zbekistonda oxirgi to‘rt yil davomida byudjet defisiti belgilangan limitlardan ortiq shakllanib kelmoqda. Xususan, 2023 yilda konsolidasiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori 3 foiz etib belgilangan bo‘lsa-da, amalda 5,5 foizgacha o‘sgan.

2024 yil konsolidasiyalashgan byudjeti 52,6 trillion so‘mlik defisit bilan qabul qilingan va mamlakat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizidan oshmasligi belgilangan.

Byudjet qonuniga ko‘ra, joriy yilda cheklangan davlat tashqi qarzini jalb qilish hajmi 5 milliard dollar bo‘ladi. Shundan 2,5 milliard dollari davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishga, qolgan 2,5 milliard dollari investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта