44
Toshkent shahrida XVI “Ipak yo‘li” soliq forumi bo‘lib o‘tmoqda
Tashkilotchilar – Xalqaro soliq va investisiya markazi (International Tax and Investment Center – ITIC), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi.
XVI “Ipak yo‘li” soliq forumida Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Armaniston, Xitoy, Tojikiston, Turkiya va Yaponiya kabi davlatlardan kelgan 60 ga yaqin moliya va soliq idoralari vakillari ishtirok etmoqda.
Forumning asosiy maqsadi – Yevroosiyo mamlakatlari soliq siyosati va ma’muriyatchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlarni muhokama qilish, soliq va moliya sohasidagi dolzarb masalalarning xalqaro yechimlari yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, mintaqa davlatlari soliq ma’muriyatchiligini ilg‘or jahon standartlariga moslashtirish va ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha umumiy kelishuv (konsensus)ga erishish.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring