+20° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 5 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 920.44 so'm (+5.44 so'mga)
153.52 so'm (-0.03 so'mga)
14 252.54 so'm (+295.3 so'mga)
22-01-2024, 15:49
99

2024 yilda 765 ta ko‘p qavatli uyda quyosh panellari o‘rnatiladi

2023 yil 1 maydan boshlab yangi ko‘p qavatli uylar qurilishini loyihalashtirishda ularning tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilingan.

2024 yilda 765 ta ko‘p qavatli uylarda umumiy quvvati 15,3 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatiladi.

Bojxona qo‘mitasiga 2024 yil 1 fevralga qadar «Yashil energiya» axborot tizimini to‘liq funksional rejimida ishga tushirish va belgilangan tartibda Energetika vazirligiga o‘tkazishni ta’minlash topshirildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga to‘lashni foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lash belgilangan.

2024 yil 1 martdan boshlab texnik hujjatlarida yoki markirovkasida quyosh elementlarining sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi «A», «B», «C» va «T» tegishli sinfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan quyosh panellarini chetdan olib kirish taqiqlanadi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта