44
Qozog‘iston Sirdaryo orqali O‘zbekistondan oladigan suv hajmini ma’lum qildi
O‘zbekistondan Qozog‘istonga Sirdaryo bo‘ylab mart oyida soniyasiga 800 kub metr suv oqib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigasiya vaziri Nurjan Nurjigitov Qizilo‘rda viloyati fermerlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Ko‘rsatilgan suv hajmi joriy yilning fevral va mart oylarida Qozog‘istonga kelishi kerak. Fevral oyida O‘zbekiston tomoni o‘z majburiyatlarini bajardi, shu bois bu ko‘rsatkichlar mart oyida ham davom etishi kutilmoqda», deb aniqlik kiritdi vazir.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston bo‘ylab 57 ta suv ombori qurilishi rejalashtirilgan, shundan 20 tasi Suv xo‘jaligi va irrigasiya vazirligi tomonidan quriladi.
Xususan, Qizilo‘rda viloyatidagi Qorao‘zak suv ombori qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda. Nurjan Nurjigitovning aytishicha, loyiha bo‘yicha qurilish ishlari shu yil oxirigacha boshlanishi mumkin.
Shuningdek, 133 ta gidrotexnika inshooti va 14 ming kilometrdan ortiq sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash rejalashtirilgan. Qizilo‘rdada Avstraliya kompaniyasi bilan hamkorlikda sug‘orish kanallarini modernizasiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bir oy ichida yakunlanishi kerak. Keyin u Qozog‘iston suv xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring