+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
18-01-2024, 22:40
43

Endi elchi va savdo maslahatchilari intizomiy jazoga tortilishi mumkin

Preziden raisligidagi yig‘ilishda ayrim elchi va savdo maslahatchilari yangi bozorlarni topish, ularga mahsulotlarimizni olib kirish haqida umuman bosh qotirmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, o‘tgan yili 13 ta davlatga eksport kamaygan.

Oxirgi ikki yilda ayrim mamlakatlar tomonidan jami 18 ta tarif va notarif to‘siqlar joriy qilindi. Shuningdek, ba’zi davlatlar tayyor trikotaj, mato, kabel, ipak uchun yuqori boj stavkalarini qo‘llayapti.

Aslida mahsulotlarimizga hamkor topish, eksport to‘siqlarini yumshatish elchilar va maslahatchilarning savdo yo‘nalishidagi eng asosiy vazifasi emasmi! - dedi Prezident.

Shu munosabat bilan barcha elchi va savdo maslahatchilari uchun alohida samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilanishi, ishini eplay olmagan va KPIni bajarmaganlari intizomiy jazoga tortilishi belgilandi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта