Evropada gaz narxi 2022 yildagi eng yuqori cho‘qqiga nisbatan 2023 yilda qariyb 60 foizga arzonlashdi, u asosan rekord darajadagi gaz zaxiralari va qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobiga pasayishda davom etmoqda, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.
Bu haqda yakshanba kuni Bloomberg xabar berdi. O‘tgan yilning oktyabrb oyida Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi va buning natijasida Qizil dengiz orqali xalqaro yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarga qaramay, Yevropada STG(suyultirilgan tabiiy gaz) narxi pasayishda davom etmoqda.
Bloomberg bu hodisani rekord darajadagi gaz zaxiralari, qayta tiklanadigan energiyaga keng sarmoya kiritilishi va yirik sanoat mamlakatlarida energiya talabini cheklayotgan zaif iqtisodiy o‘sish bilan bog‘laydi.
Biroq, pasayish to‘xtab qolishi va Yevropa davlatlari, shuningdek, Yaponiya, AQSh va Xitoy yana inqirozga yuz tutishi xavfi mavjud.
-Faqat narxlarga qarab, inqiroz tugagandek tuyulishi mumkin, - deb iqtibos keltiradi agentlik Shveysariyaning MET International tadqiqot kompaniyasining STG savdo bo‘limi rahbari Balint Kons. - Agar to‘satdan yetkazib berish to‘xtatilsa yoki uzoq vaqt sovuq ob-havo bo‘lsa, narx ushbu isitish mavsumida ham yana o‘sishi mumkin.
STG tranzitini yaratishga katta xalqaro investisiyalar kiritilganiga qaramay, yangi quvvatlarning katta qismi 2025 va 2026 yilgacha paydo bo‘lmaydi. Rossiya Federasiyasidan Ukraina orqali G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib beruvchi tranzit liniyasi bo‘yicha kelishuv esa shu yil oxirida tugaydi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring