+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
25-02-2024, 09:22
45

Janubiy Koreya O‘zbekistondagi volfram konlarini o‘zlashtirishda hamkorlik qilishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar instituti prezidenti Li Pyong Kuni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Uchrashuvda tomonlar birgalikda geologik tadqiqotlar olib borish orqali hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, mineral resurslar va geologik ofatlar sohasida loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Li Pyong Ku O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan muhandislik-geologik tadqiqotlar, xavfli geologik jarayonlar monitoringi, shuningdek, muhim tabiiy resurslarning yangi konlarini ochish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganini alohida ta’kidladi. U vazirlik doirasida katta ma’lumotlar tizimi va konlardagi avariyalarni prognoz qilish uchun 3D tizimini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma tadbirlarni alohida qayd etdi. Ushbu ishlar doirasida faol tajriba almashish, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha ilg‘or raqamli texnologiyalarni O‘zbekiston tomoniga o‘tkazish davom etmoqda.

Janubiy Koreya tomoni joriy yilda O‘zbekistonda mineral resurslar va geologik ofatlar sohasida loyiha boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qildi. Ushbu loyiha Janubiy Koreya hukumatining 8 million dollargacha bo‘lgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan loyiha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, asosiy texnologiyalarni joriy etish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirishni qamrab oladi.

Janubiy Koreya tomoniga O‘zbekistondagi volfram konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish taklif etildi.

Li Pyong Ku, shuningdek, joriy yilning 5 mart kuni Seul shahrida Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar institutining xalqaro forumi bo‘lib o‘tayotganini bildirdi. U mazkur tadbirda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining ikki vakili taqdimot bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта