+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
23-02-2024, 23:01
12

Metallni qayta ishlashda Britaniya kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi

O‘zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning “Sackers” metallni qayta ishlash kompaniyasi direktori Devid Dodds bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Suhbat davomida rangli va noyob metallarni qayta ishlash bo‘yicha korxona tashkil etishda xorijiy kompaniyani mamlakatimizga investor sifatida jalb etish hamda ushbu tovarlarni Britaniya bozoriga eksport qilish masalasi muhokama qilindi.

Britaniya tomoni O‘zbekiston bilan metallarni qayta ishlash bo‘yicha investision loyihani amalga oshirish va shu o‘rinda ularni eksport qilish bo‘yicha maqsadli muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida mazkur masalani tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Ma’lumot uchun, “Sackers” kompaniyasi 1929 yilda tashkil topgan bo‘lib, yiliga 35 million funtga teng bo‘lgan metallarni qayta ishlaydi. Tashkilot qora va rangli metallar, shu jumladan alyuminiy, mis, qo‘rg‘oshin, zanglamaydigan po‘lat, elektronika, kabellar, simlar importi va qayta ishlashiga ixtisoslashgan.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта