+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
23-02-2024, 23:00
17

Suv va kanalizasiya tarmog‘i uchun poytaxt byudjetidan 7 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratildi

Mablag‘ poytaxt Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzuridagi “Suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasida shakllangan qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Jumladan, Sergeli tumanidagi No‘g‘oyqo‘rg‘on va Qubaytepa mahallalaridagi toza ichimlik suvi va drenaj tarmog‘i uchun 2,5 milliard so‘m, Yunusobod tumanidagi Oqtepa mahallasini markazlashgan oqova suv tarmog‘i bilan ta’minlash xarajatlari uchun 5,4 milliard so‘m beriladi.

Pul o‘rnatilgan tartibda “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga yo‘naltiriladi.

Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi pulning sarflanishini nazorat qiladi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, bir necha kun avval Shavkat Umrzoqov suv toshqinlariga qarshi byudjetning zaxira jamg‘armasi hisobidan 846 million 500 ming so‘m pul ajratgan edi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта