45
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 3,5 baravarga oshirmoqchi
O‘zbekiston o‘rta muddatli istiqbolda Rossiyadan gaz importini 3,5 baravarga – sutkasiga 32 million kub metrgacha oshirish niyatida, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Avvalroq, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2024 yilning birinchi choragida respublika investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlarini tasdiqlagan edi. Loyihalarning maqsadli ro‘yxati 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan shimoliy yo‘nalishda tabiiy gaz importi hajmini oshirish bo‘yicha magistral gaz quvurlari tizimini modernizasiya qilish bo‘yicha dastlabki dasturni o‘z ichiga olgan. Dastur qiymati 470 million dollarni tashkil etadi.
Hozirda «Gazprom»ning O‘zbekiston bilan ikki yillik shartnomasida kuniga 9 million kub metr gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan – bu yiliga qariyb 2,8 milliard kubometr. Shunday qilib, yetti yil ichida import 3,5 baravar oshishi mumkin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring