+8° Kechasi +1°
Andijon (Bugun, 15 yanvar)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 971.00 so'm (-1.08 so'mga)
126.04 so'm (-0.57 so'mga)
13 308.25 so'm (+84.51 so'mga)
22-02-2024, 08:37
61

So‘m dunyoning eng kuchsiz valyutalari o‘ntaligida turibdi

Forbes nashri dunyoning eng kuchsiz va eng zaif valyutalari o‘ntaligini e’lon qildi.

Unga ko‘ra o‘zbek so‘mi avvalgi yildagi 7-o‘rindan bir pog‘ona yuqorilab, 6-o‘ringa joylashgan.

Reytingda hamon Eron riali peshqadamligini saqlab turibdi. Hozirda 1 AQSh dollari 42 00 rialni tashkil qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda ham o‘zgarish ro‘y bermagan. Hamon Vyetnam dongi Erondan keyin eng zaif valyuta bo‘lib turibdi. 1 AQSh dollari 24 500 dongga teng.

Uchinchi o‘rinda esa Laos milliy valyutasi kip bormoqda. 1 AQSh dollari deyarli 21 ming kipga teng.

O‘zbek so‘mi esa yuqorida ta’kidlanganidek 6-pog‘onadan joy olgan. E’tiborlisi 2023 yilgi reytingda so‘m 7-o‘rinda edi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1AQSh dollari 12 495 so‘mni tashkil qilmoqda.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта