33
Tadbirkorlik sohasidagi ayrim byurokratik tartiblar bekor qilinmoqda
Tadbirkorlik sohasidagi ayrim byurokratik tartiblar bekor qilinmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik sohasidagi ayrim byurokratik tartib-taomillarni bekor qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-910-son, 20.02.2024 y.) qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan quyidagilar bekor qilindi:
✅ tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganida ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish hamda 30 kunlik muddatda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilishga oid majburiyatlar;
✅ tadbirkorlar soliq idoralarining sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, soliq idoralari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishdagi cheklovlar.
Bugungi kunga qadar tadbirkorlar sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ularning shikoyatlari dastlab yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, shundan keyingina sudga shikoyat qilishlari belgilangan edi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring