40
Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarni oldini olish mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston elchixonasida "Nippon Investment Operating Corporatio" (NIOC) kompaniyasi rahbari Nabi Mamajan, uning hamkori "Muroosystems Corporation" bosh ijrochi direktori Pan Jongsin hamda kompaniya menejeri Yoshifumi Takata bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Suhbat davomida "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida tabiiy ofatlarni oldini olishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilish hamda tog‘ va sel ko‘chkilarni oldini olishda ishlatiladigan gabion va turli himoya setkalarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda kompaniya tabiiy ofatlarni oldini olish bo‘yicha pilot loyihasini amalga oshirishiga kelishib olindi. Shu bois, yapon tomoni yaqin fursatlarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, tegishli vazirliklar va boshqa tashkilotlar bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring