+15° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
14-02-2024, 12:49
45

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

“Qishloq xo‘jaligi yerlari degradasiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-71-son, 13.02.2024 y.) qabul qilindi

???? Qarorga muvofiq 2024–2025 yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga bir million so‘mdan subsidiya ajratiladi.

????Bunda:

????subsidiya ajratish Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Agrosubsidiya axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi;

????paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlarni bajarish uchun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi 2024 yilda ajratiladi;

????subsidiyaning qolgan 30 foizi Paxtachilik kengashining hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshganligi to‘g‘risidagi xulosasiga asosan 2025 yilda ajratiladi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта