+13° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
14-02-2024, 12:29
42

“AAA” reytingdagi tadbirkorlarga soliq tekshiruvi o‘tkazish buyrug‘i shakllantirilmaydi” — Sherzod Kudbiyev

Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingida “AAA” toifaga ega bo‘lgan korxonalarga soliq tekshiruvi o‘tkazish buyrug‘i shakllantirilmaydi. Bu haqda 13 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

O‘zbekistonda joriy yil 1 fevraldan tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi. Reyting doirasida korxonalar to‘rtta toifaga ajratilmoqda. Ulardan “AAA”, “AA” va “A” toifalariga kiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari yuqori barqarorlik reytingidan joy oladi va rag‘batlantiriladi. Xususan, “AAA” toifasidagi tadbirkorlik sub’ektlari soliq tekshiruvlaridan ozod etiladi.

Sherzod Kudbiyevning aytishicha, yaqin kunlarda yangi tizim to‘liq shaklda ishga tushiriladi.



Ma’lumot uchun, “AAA” toifasiga kiruvchi tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasini bir kun muddatda, tekshiruvchilarsiz qaytarib beriladi. Shuningdek, boshqa soliqlardan ortiqcha to‘lov summasi 3 kun ichida qaytariladi. Ularga boshqa yana bir qator imtiyozlar beriladi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта