+15° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
12-02-2024, 13:12
43

O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy IT-gigantlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 2023 yilda qariyb 70 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 2023 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi 56 ta xorijiy kompaniya tomonidan 70 mlrd so‘mga yaqin soliq to‘langan.

Bunda to‘langan soliqlarning 90 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatda qariyb 26,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan Meta korporasiyasi (Facebook, Instagram va WhatsApp egasi) yetakchilik qilmoqda.

Top-o‘ntalik quyidagicha:




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта