39
JSST: Dunyoda har yili 5 million kishiga epilepsiya tashxisi qo‘yilmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan epilepsiya kasalligi bilan bog‘liq yangi hisobot e’lon qilindi. Unga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha taxminan 50 million kishi ushbu darddan aziyat chekmoqda.
Achinarlisi, keyingi davrda bunday bemorlar soni yiliga 5 million nafarga ortyapti. Ularning qariyb 80 foizi past va o‘rta daromadga ega mamlakatlar aholisidir. Ya’ni mazkur hududlarda har 100 000 kishidan 139 nafariga epilepsiya tashxisi qo‘yilmoqda.
Hisobotda keltirilishicha, o‘sish dinamikasi Yer yuzida endemik kasalliklar xavfi ortishi, yo‘l-transport hodisalari va tug‘ilish chog‘idagi jarohatlar ko‘payishi, qolaversa, tibbiy infratuzilma, profilaktika dasturlari hamda arzon va malakali tibbiy yordam yetishmasligi kabi qator omillar bilan bog‘liq.
✅ Vaholanki, epilepsiya xurujlarining oldini olsa bo‘ladi. Bundan tashqari, 70 foiz bemorlar tutqanoqqa qarshi dorilar yordamida to‘g‘ri muolaja olib, bu darddan xoli yashashlari mumkin.
‼️ Ammo kam daromadli mamlakatlarda epilepsiyaga chalingan odamlarning to‘rtdan uch qismi davolanmaydi. O‘z navbatida, bunday davlatlarda antikonvulsant dorilar ta’minoti 50 foizga ham yetmaydi.
???? ???? Aksariyat hollarda epilepsiyani birlamchi tibbiyot muassasalarida murakkab asbob-uskunalarsiz tashxislash va davolash imkoniyati mavjud. Ammo bunday bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislar barcha hududlarda ham, afsuski, yetarli emas.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring