37
Toshkent va Samarqandda inflyasion kutilmalar keskin yomonlashgan
O‘zbekistonning ikki asosiy markazi Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 2023 yilning oxirgi oyi dekabrda aholi va biznesning inflyasion kutilmalari salbiy tarafga qarab keskin oshgan.
Poytaxt Toshkentda aholining inflyasion kutilmalari 15,7%dan 16,5%gacha, biznesning kutilmalari esa 13,3%dan 16,2%ga ko‘tarilgan.
Samarqand viloyatida esa aholining inflyasion kutilmalari 14,9%dan 15,9%gacha oshgan bo‘lsa, biznes vakillarining kutilmalari yanada pessimistroq ko‘rinish olgan. Samarqandlik tadbirkorlar fikricha, yaqin 12 oyda inflyasiya 15,2%dan 19,2%gacha ko‘tariladi.
Butun Respublka bo‘yicha aholining inflyasion kutilmalari 13,6%, biznesniki esa 13,7%ni tashkil etgan.
Daromadlar qirqimida, 4 mln.so‘m va undan ko‘p daromadga ega barcha aholi qatlamlarining inflyasion kutilmalari yomonlashgan. Xususan, 15 mln.so‘m va undan ko‘p daromad oluvchilarning kutilmalari 15,7%dan 20,7%gacha ko‘tarilgan.
Sohalar orasida AT va OAV ishchilari 16,8%, biznes yo‘nalishlarida sog‘liq saqlash 16,4%lik inflyasion kutilmalar bilan pessimistlikda yetakchilik qilishmoqda. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring