+15° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
10-02-2024, 22:36
38

O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘layotgan xorij kompaniyalari ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2023 yilda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 70 milliard so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili mamlakatdagi jami 56 ta xorijiy kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar miqdori qariyb 70 milliard so‘mni tashkil etgan. Bunda, to‘langan soliqlarning 90 foizdan ko‘prog‘i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023 yilda yilda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniya Meta bo‘ldi — kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar 26,4 milliard so‘mni tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinlarni Google va Apple kompaniyalari egalladi — ular mos ravishda 20,3 milliard so‘m va 12,9 milliard so‘m soliq to‘lagan.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта