+26° Kechasi +12°
Andijon (Bugun, 10 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 973.31 so'm (+12.93 so'mga)
151.19 so'm (-0.73 so'mga)
14 329.02 so'm (+176.29 so'mga)
20-01-2024, 15:11
65

Shahrisabz tumanida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda iste’molga yaroqsiz alkolli ichimliklarni muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Yangibog‘" MFYda yashovchi N.YA. o‘z uyida yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 1 215 dona qalbaki aksiz marka, 242 dona alkogol, 140 litr spirt, 250 dona “QR kod” markirovka, 1 000 dona bo‘sh shisha idish, qadoqlash uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







Top.Mail.Ru Анализ сайта