Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida 97 ta shamol elektr stansiyasi qurish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, G‘ijduvon tumani infrastrukturasini rivojlantirish maqsadida o‘tgan yilda 141,9 km yo‘l qurilishi hamda 250 km suv quvurlari yotqizilgan.
Hozirda suv ta’minoti borasida yirik loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Elektr ta’minotida 330,6 km havo tarmog‘i va 93 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlanib, 12 tasi yangilangan.
«Energetika yo‘nalishida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» hamda «JURU» kompaniyalari tomonidan G‘ijduvon tumanida quvvati 500 MVt hamda 52 MVtdan iborat bo‘lgan 97 ta shamol elektr stansiyasi qurish ishlari olib borilmoqda»,-dedi Sherzod Ashurov.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu stansiyalar to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 3 milliard 900 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1 milliard 110 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Atmosferaga 1 million 700 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring